Urtex Carpets — bu sifat, zamonaviylik va qadriyat uyg‘unligidir. Dastlab, o'z faoliyatini 1996-yilda boshlagan, gilamlar qo‘y yungi, ipak va nitron tolalaridan to‘qilgan bo‘lib, Qirg‘izistondan olib kelingan dastgohlarda ishlab chiqarilgan. Vaqt o‘tishi bilan kompaniya texnologiyalarni rivojlantirib, polipropilen, polyester va boshqa sintetik tolalarni ham ishlab chiqarishga joriy etdi. Bugungi kunda kundalik 10 tonnagacha ip kalava ishlab chiqariladi, yiliga esa 3,6 million kvadrat metr gilam tayyorlanmoqda. Belgiya va Germaniyadan olib kelingan zamonaviy dastgohlar yordamida tayyorlanadigan gilamlar "Baxmal", "Istanbul", "Sandra", "Stephani", "Renzo", "Genesis", "Oscar", "Prince" kabi brendlar ostida mijozlarga taqdim etiladi. Korxonada 250 dan ortiq ishchi mehnat qilmoqda. "Urtex Carpets" mahsulotlari ichki bozorda talabgir bo‘lib, endilikda eksport imkoniyatlari ustida faol ishlanmoqda. Biz har bir gilamda nafislik va ishonch yaratamiz.